BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Toshkentda terrorchilik tashkilotiga a`zo bo`lgan kattagina guruh ushlandi

Huquqni muxofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda “Tavhid va jihod katibati” terrorchilik guruhi qo`lga olindi.

Toshkent shahar IIBning qayd etishicha, guruh O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan terroristik deb topilgan.

Ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yig`inlarni o`tkazib, kelgusida Suriya hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga qo`shilishni rejalashtirib kelgan.

Aniqlangan “Tavhid va jihod katibati” tarafdorlarining soni 30 nafarga yaqin bo`lib, yoshlardan iborat ekanligi, ularning ayrimlari Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash maqsadida kelganliklari ma`lum bo`lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom ettirilayotgani ma`lum qilindi.

"Shu o`rinda, fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida, buzg`unchi g`oyalar ta`siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da`vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga taxdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, ularni saqlamasliklarini va tarqatmasliklarini so`raymiz. Bu kabi noqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarilk mavjudligini unutmang",-deyiladi IIB xabarida.

O`zbekistonda bir sutkada 1120 kishida koronavirus aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi 2022 yil 26 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 218477 (+1117) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 63 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 47 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Buxoro viloyatida, 42 nafari Jizzax viloyatida, 22 nafari Qashqadaryo viloyatida, 22 nafari Navoiy viloyatida, 51 nafari Namangan viloyatida, 41 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Sirdaryo viloyatida, 39 nafari Surxondaryo viloyatida, 129 nafari Farg`ona viloyatida, 52 nafari Xorazm viloyatida, 113 nafari Toshkent viloyatida, 451 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. ️Kecha kun davomida: Qoraqalpog`iston Respublikasida 89 nafar,   Andijon viloyatida 44 nafar,  Buxoro viloyatida 24 nafar,  Jizzax viloyatida 40 nafar, Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,   Navoiy viloyatida 10 nafar,  Namangan viloyatida 48 nafar,  Samarqand viloyatida 38 nafar,   Sirdaryo viloyatida 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Farg`ona viloyatida 203 nafar,   Xorazm viloyatida 88 nafar, Toshkent viloyatida 255 nafar, Toshkent shahrida 401 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 208018 (+1291) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. ️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1551 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 125 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Fikr qoldiring