Toshkentda reklama bannerlari buzilishi noqonuniy — Biznes-ombudsman

Aprel oyidan boshlab, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida reklama konstruksiyalari buzilishi masalasi jamiyatning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Bir guruh tadbirkorlik sub’ektlari noodatiy usul orqali, ya’ni Prezidentdan yordam so‘rab, o‘zlariga tegishli bo‘lgan reklama ob’ektlariga murojaatlarini joylashtirishdi.

Jamoatchilik markaziga tushgan ushbu masala Biznes-ombudsmanning nazoratiga olinganligi to‘g‘risida rasmiy bayonot berilgan edi. 

Biznes-ombudsman o‘tkazgan o‘rganishlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, tadbirkorlarga tegishli reklama konstruksiyalarining demontaji Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021 yil 27 martdagi 323/37-6-sonli “Toshkent shahrida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Реклама на Unews

Biznes-ombudsman tomonidan yuqoridagi qarorning qonuniyligi o‘rganilganda, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 21 va 22-moddalari talablariga asosan ushbu qaror loyihasi adliya organlarida ekspertizadan o‘tkazilmagani aniqlangan.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yuqoridagi qarorning qonuniyligiga baho berish hamda vakolat doirasida uni qayta ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berish so‘ralgan.

Ayni damda, ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring