Toshkentda qurilayotgan yangi yo`llar va ochilayotgan yangi ko`chalar ma`lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Toshkent shahrida yo`l-transport infratuzilmasini takomillashtirish va yangi yo`llar qurishga oid topshirig`iga asosan, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va “Kalyon ulastirma” kompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagi uch bosqichda ishlar amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. Bu haqda YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Birinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 3 ta ko`chalarda tez muddatda yangi o`tish joylarini ochish va yo`lni kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Bular:

1) Sebzor ko`chasi bo`ylab Abdulla Qodiriy ko`chasi kesishmasidagi yo`l o`tkazgichdan tushgandan so`ng, Zulfiyaxonim ko`chasiga o`tish uchun asosiy qatnov qismidan mahalliy yo`lga yangi o`tish joyini ochish;

Реклама на Unews

2) Toshkent xalqa avtomobil yo`lining 11-kilometrida (To`sin bozor qarshisida) 250 metr masofada yo`lni kengaytirish;

3) Al-Xorazmiy – Katta Qa`ni ko`chalari chorrahasida aylanma harakatni tashkil etish;

Ikkinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 3 ta ko`chalarning transport o`tkazish qobiliyatini oshirish bo`yicha tadbirlarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan. Bular:

Реклама на Unews

1. Choshtepa - Yangi Sergeli ko`chalari kesishmasida o`tkazuvchanlikni oshirish maqsadida, kesishmani kengaytirish (parametrlarini o`zgartirish);

2.  Toshkent xalqa avtomobil yo`li – Samarbonu ko`chalari kesishmasida mahalliy yo`lni kengaytirish hisobiga o`tkazuvchanlikni oshirish;

3. Mustaqillik – Parkent ko`chalari kesishmasida yashil xudud xisobidan yangi yo`l ochish rejalashtirilgan.

Uchinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 6 ta ko`chalarda transport oqimi o`rganilib, tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bular:

1. Yunusobod tumanidagi Qoraqamish ko`chasini Toshkent xalqa avtomobil yo`li bilan bog`lash uchun yangi yo`l qurish;

2. Muqumiy – Lutfiy - Seul - Nurafshon ko`chalari kesishmasi parametrlarini o`zgartirish yo`li bilan o`tkazuvchanlikni oshirish;

3. Toshkent halqa avtomobil yo`li - Amir Temur ko`chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o`tkazish yo`li bilan o`tkazuvchanlikni oshirish;

4. Shota Rustaveli – Mirobod - Shahrisabz ko`chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o`tkazish yo`li bilan o`tkazuvchanlikni oshirish;

5. Kichik xalqa avtomobil yo`li bo`ylab “CRAFERS” korxonasi qarshisida yangi qayrilib olish joyini ochish;

6. Seul – Novza – Bunyodkor ko`chalari kesishmasida kanal ustidagi ko`prikni kengaytirish xisobiga kesishma o`tkazuvchanligini oshirish rejalashtirilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring