Toshkentda qiyin vaziyatda qolgan ayol Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Irina SH.ning karantin davrida og‘ir sharoitda qolgani haqidagi Prezidentga yo‘llagan ochiq murojaati tarqamoqda,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, ushbu murojaat Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Hokimiyat vakillari va “Istiqlol” MFY faollari hamkorligida tekshiruvlar o‘tkazilib, natijada quyidagilar ma’lum bo‘ldi.   

Aniqlanishicha, Yashnobod tumanining “Istiqlol” mahallasida yashovchi 67 yoshli Irina SH. va uning 30 yoshli qizi Mariya SH. karantin choralari sababli og‘ir sharoitda qolganlar. Oilaning asosiy daromadi – Irina SH.ning 790 ming so‘mlik pensiyasi. Mariya SH. karantinga qadar bozorda ishlar edi, ammo epidemiologik holat sababli ishsiz va mablag‘siz qolgan.

Реклама на Unews

Mazkur fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolari haqida xabar topgan Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari jamoat fondi va mahalla faollari bilan birganlikda ushbu oilaga yordam ko‘rsatishga qaror qilishdi. IIO FMB rahbariyatining tashabbusi bilan oilagan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami yetkazildi, jamoat fondi esa Irina SH.ning plastik kartasiga besh million so‘m o‘tkazdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring