BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Toshkentda qaynona kelinini pichoqladi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent tumanida qaynona va kelin janjali oqibatida mudhish hodisa ro‘y berdi.

Ta’kidlanishicha, 5 may kuni soat taxminan 10.00larda Toshkent tumani, Chinor 7-tor ko‘chasida yashovchi ayol (1955 y.t.) kelini (1985 y.t., 3 nafar farzandi bor) bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashgan.

 

Janjal davomida ayol oshxona pichog‘i bilan kelinining chap ko‘krak qismiga bir marotaba zarba bergan.

 

Olgan tan jarohati tufayli jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramasdan 9 may kuni kelin shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayblanuvchi ayolga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qozog`istonda avtobusda halokatga uchraganlar bugun tongda O`zbekistonga olib kelindi. Vafot etganlar soni yana bittaga ko`paydi Jambil viloyatida joriy yilning 12 may kuni “Olmaota-Toshkent” avtomobil yo`lining 571-kilometrida  o`zbeklar ketayotgan avtobus halokatga uchragani haqida xabar berilgan edi.   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tezkor topshiriqlariga asosan Hukumat qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari A.Latifjonov boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 13 may kuni soat 18:05 da Jualin tumanining markaziy shifoxonasiga etib borib, Qozog`iston Respublikasining mas`ul idoralari rahbarlari bilan uchrashdi va hamkorlik asosida tashkiliy va amaliy harakatlar olib borildi.   FVVning xabar berishicha, 13 may soat 23:40 da Jualin tuman markaziy shifoxonasidan yo`lga chiqib, 14 may kuni soat 04:55 da O`zbekiston va Qozog`iston chegarasi “G`ishtko`prik” bojxona maskaniga etib keldi.   Do`st Qozog`iston mas`ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko`rsatishda yaqindan ko`mak berishgan.   Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog`liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 2 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzili – Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan marosim tadbirlarini o`tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bugun, 14 may kuni baxtsiz hodisa oqibatida yana bir fuqaro vafot etdi. Ayni paytda marhumni olib kelish yuzasidan zarur choralar ko`rilmoqda.   Olib kelingan 23 nafar fuqarodan, 18 nafar jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga joylashtirildi, 5 nafar fuqaroning ahvoli yaxshi bo`lgani uchun uyiga javob berildi. Hozirgi vaqtda markazga joylashtirilgan fuqarolarning ahvoli shifokorlarning qat`iy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar o`tkazilmoqda.

Fikr qoldiring