Toshkentda "narkobaron"lar qo`lga olindi

10-oktyabr kuni Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xizmati xodimlari O`zbekiston Respublikasi IIV vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotmoqchi bo`lgan shaxslarni aniqlashgan.

38 yoshli Mash`albek M. 600 gr. “gashish” uchun 6.000 AQSh dollari olayotganida qo`lga olingan. Uning avtomobilidan esa 596,16 gr. “gashish” topilgan. Suhbat davomida Mash`albek muqaddam sudlangan sherigi 50 yoshli Kazimjon G. haqida ma`lumot bergan. Turar joyi tekshirilganda xonadon hammomidan 386,43 gr. “gashish” topilgan.

Ichki ishlar organlari giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi boshqa shaxslarni ham aniqlashgan. Ma`lum bo`lishicha, 34 yoshli Akmalxon G. va 50 yoshli Maxamadjon A.lar “gashish” etkazib berish bilan shug`ullanishar ekan. Toshkentga kelib ular giyohvandlik vositalarini sotuv uchun berganlar. Mazkur shaxslar ham qo`lga olinishgan. Ularning uylari tekshirilganda 2,23 gr. “gashish” va 9.000 AQSh dollari hamda 3.600 qirg`iz somi topilgan.

Реклама на Unews

Mazkur fakt asosida to`plangan hujjatlar Chilonzor tumani IIO FMBga etkazilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring