Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi

 Samarqandlik fuqaro I. (erkak) 14-may kuni og‘ir ahvolda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan edi. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlangan,  deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Shundan keyin bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning og‘ir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan.

Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan. Vazirlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan.

Реклама на Unews

“Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 18-may kuni tarqatgan axborotida.

Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, 18-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 2762 ta holat aniqlangan. 18-may soat 15:30 holatiga ko‘ra bemorlarning 2293 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Samarqandda yana ko‘p nafar koronavirusga chalingan bemorlar sog‘aydi

Karantin yaqin orada tugamasligi mumkinmi?

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 62-oilaviy poliklinika nima uchun yopildi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring