Toshkentda koronavirusdan foydalanib, dorilarni 24 200 AQSh dollariga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Q. pandemiya sharoitida dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan jami 13,1 ming dona “Geparin 5000/5ml”, “STENHEP Heparin Sodium Injection” va “INFA-HEP Heparin Sodium Injection” nomli dori vositalarini xaridor A.ga 24 200 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “M.F.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi SH.A. fuqaro B.ga 70 dona “Regapen” va 137 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 12,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 70 dona “Tebantin”, 56 dona “Regapen”, 30 dona “Tropikamid”, 30 dona “Sandoks” va 20 dona “Karbamezapin” nomli dori vositalari hamda hech qanday yozuvsiz 61 dona kapsuladagi dorilar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring