Toshkentda Koreya fuqarosi o‘zbekistonlik tanishini 57 ming dollarga “uxlatdi”

O‘tgan yilning oktyabr oyida Koreya Respublikasi fuqarosi Toshkentda O‘zbekiston fuqarosini xorijga ishga yuborishni va’da qilib, uning ko‘p miqdordagi pulini o‘zlashtirdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 59 yoshli Kim Yeon Sun Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo‘la turib, 37 yoshli Sanjar X.ning ishonchiga kirib uni Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, jami 57 000 AQSH dollar pulini aldov yo‘li bilan olib, bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kim Yeon Sunga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Реклама на Unews

Hozirda tergov davom etmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring