Toshkentda ko‘p qavatli uyda yashovchi 30 ga yaqin fuqaro favqulodda evakuatsiya qilindi

Bugun, 3 iyun kuni Toshkent shahrida ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘in natijasida 30 ga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, kech soat 01:08 da Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani “Tong” mahallasi, Tuzel 2-dahasi 22A-uyda (12 qavatli uyning 8- qavatida) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01:15 atrofida yetib borib, soat 01:43 da yong‘in o‘chirilgan.

Реклама на Unews

Yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan yonayotgan xonadondan ikki nafar,  qo‘shni xonadondan bir nafar fuqaro qutqarilgan, shuningdek, yong‘inning binodagi boshqa xonadonlarga o‘tib ketishi hamda undan ajralib chiqayotgan zaharli tutundan yuqori qavatlarda yashovchi aholi zaharlanishining oldini olish maqsadida, uydan 30 dan ortiq fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring