Toshkentda kanalda cho‘kayotgan ikki fuqaroni qutqargan FVV xodimining o‘zi qurbon bo‘ldi

Toshkentda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi fuqarolarning o‘zboshimchaligi tufayli cho‘kib ketdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha soat 15:16 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Yu.Rajabiy” MFYdan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho‘kishni boshlagan. Bu vaqtda aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxo‘jayev va I.Murodov fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qoladi. Shundan so‘ng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak) keyinchalik S.Q. o‘zboshimchalik bilan takroran o‘zini suvga tashlagan.

Реклама на Unews

Qutqaruvchilarning sa’y-harakati tufayli ikkala fuqarolarning ham hayoti saqlab qolingan. Afsuski, qutqaruvchi A.Azimxo‘jayev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi nomidan qutqaruvchi A.Azimxo‘jayevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 09-06-2021 Хон

    Аллохим жойини жаннатдан килсин.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish