Toshkentda dzyudochi boshqa sportchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Bosh prokuratura matbuot kotibining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 13 sentyabr kuni soat 21:30 da fuqaro SH. T. tanishi Kamoliddin Rasulovga qo‘ng‘iroq qilib, undan xarid qilib olgan vitaminini tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qilgani natijasida sog‘lig‘i yomonlashganini, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirganini aytib, uni uyi oldiga chaqirgan.

Ular ko‘rishgach, o‘zaro janjallashib qolib, SH.T. yonida olib chiqqan oshxona pichog‘i bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, SH.T. prosessual tartibda ushlangan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring