Toshkentda dori vositalarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan IIBB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Yu. dori vositalarini dorixonadan tashqarida realizasiya qilish maqsadida jami 7 300 quti “Heparin Sodium Injection” dori vositasini 15 417 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring