Toshkentda ayol uyini insu-jinsdan tozalash uchun lo‘li ayolga 12,5 mln so‘mlik taqinchoqlarni berib yubordi

Poytaxtda ayol uyini insu-jinsdan tozalayman deb taqinchoqlaridan ayrilib qoldi. Bu haqda huquq tartibot organlari xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili 29 oktyabr kuni lo‘li millatiga mansub ayol 58 yoshli Gulchexra M. Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko‘chasida joylashgan uyga kirib borgan. U xonadonga kelib ikki dona ayol va erkak qo‘g‘irchoqlarini hamda o‘zi bilan olib kelgan arab tili yozuvlik qog‘ozlarni hovliga tashlab qo‘ygan. Shundan so‘ng o‘sha uyda yashovchi Nasiba A.ga uyiga duo o‘qitilganini aytib, uni aldagan. Gulchexra M. Nasibaga uyini “tozalab” berishini aytib, uning 12,5 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarini qo‘lga kiritib, yashiringan.

Ushbu holat yuzasidan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va lo‘li millatiga mansub ayol qo‘lga olingan. Ayolga nisbatan ayblov e’lon qilingan va tegishli sudlovda ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring