Toshkentda ayol 4-qavatdan yiqilib tushdi. Uning mast bo‘lgani aytilmoqda...

Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti ma’lum qilishicha, poytaxning Chilonzor tumanida fuqaro ko‘p qavatli binoning 4-qavatidan yiqilib tushgan.

Bu haqda IIO FMBga xabar berishgan. Unda aytilishicha “Bog‘zor” mahallasida yashovchi 48 yoshli V.M. ehtiyotsizligi sababli to‘rtinchi qavat derazasidan yiqilgan. Uni tez orada yaqin o‘rtadagi shifoxonaga olib borib joylashtirishgan. Mas’ullarning tezkorlik bilan qilgan harakatlari natijasida ayolning hayoti saqlab qolindi.

IIBB xodimlari ayoldan xabar olib, uning ahvolini bilishga, hodisa sabablarini aniqlashga harakat qilishmoqda.

Реклама на Unews

Olib borilgan suhbat davomida ayol haqiqatdan ham derezani artish vaqtida ehtiyotsizlik sabab yiqilgani, ammo uyni tozalash oldidan oila a’zolari bilan spirtli ichimliklar iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi.

Mast holatda bo‘lgani sababli muvozanatni yo‘qotgan V.M. hech kimga e’tirozi yo‘qligini bildirdi. 

Shu bilan birga V.M. yaqinda biometrik pasporti, xorijga chiqish pasporti va boshqa hujjatlari bo‘lgan paketni yo‘qotganini ma’lum qildi.

Реклама на Unews

Xabarda aytilishicha yiqilgandan so‘ngi holati sababli ushbu fuqaroga yo‘qolgan hujjatlarini tiklash ancha qiyin bo‘lgan. Chilonzor MvaFRB xodimlari unga ushbu masalada ham yordam berishgan. Ayolni bo‘limga olib borib, biometrik ma’lumotlarini olgandan so‘ng yana qaytarib uyiga yetkazib qo‘yishgan.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarni ichkilik ichmaslik va mast holda qaltis harakatlar qilmaslikka chaqirmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring