Toshkentda avtobus konduktori va ichki ishlar xodimida koronavirus aniqlandi

Kecha, 26 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 250 ta holat qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Ulardan 25 nafari aholi orasida aniqlangan. Shundan 8 nafari esa Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari boshqa hududlarga qaraganda yuqori bo‘lib kelayotgan edi. Kechagi holatda esa biroz pasayganini ko‘rish mumkin”, deyiladi vazirlik xabarida.

25 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 276 nafar bemordan 24 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 26 iyun kuni esa 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 8 nafari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. 

Реклама на Unews

Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi biroz kamaygan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa biroz oshganini ko‘rish mumkin.

Jumladan, Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.Z.da ( profilaktika maqsadida namuna topshirgan), “Logistia universal markazi” MCHJ xodimi G.S.da, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimi H.Q.da (Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qarindoshining uyiga borgan) kasallik aniqlangan.

Shuningdek, Yunusobod tumanida yashovchi Sh.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), shahar  ichki ishlar tizimi xodimi F.G.da, poytaxtimizdagi avtosaroy konduktori S.D.da, Chilonzor tumanida yashovchi M.X.da (tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan) ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring