Toshkentda aholi orasidan yana 11 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 15 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5103 (+23) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.

Реклама на Unews

Hozirda mamlakatimizda 1141 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring