Toshkentda 6 ta yangi yo‘l o‘tkazgich quriladi

O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Hujjat bilan 2020-2021 yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi zarur bo‘lgan Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi ob’ektlarining ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Ahmad Donish - Nurafshon ko‘chalari kesishmasini (5 ta uchastka) rekonstruksiya qilish, THAY yo‘lining Beruniy va Orzu chorrahasidan Malika savdo markazigacha bo‘lgan yo‘l qismini, Farg‘ona yo‘li ko‘chasini va Yangi Sergeli ko‘chasini rekonstruksiya qilish mo‘ljallangan.

Реклама на Unews

Shuningdek, Qorasaroy ko‘chasi va THAY chorrahasida, THAY va Bog‘ishamol ko‘chasi kesishmasida, THAY va Farobiy ko‘chalari kesishmasida, Amir Temur va Xurshid ko‘chalari kesishmasida, THAY va Amir Temur shohko‘chasi kesishmasida yo‘l o‘tkazgich hamda Cho‘ponota ko‘chasidan Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va yo‘l o‘tkazgich qurilishi rejalashtirilgan.

2020-2021 yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi zarur bo‘lgan Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi ob’ektlarining ro‘yxati

Реклама на Unews

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring