Toshkentda 42 ta mahalla «qizil» hudud etib belgilangan
4223 10-06-2020 0 O'zimizdaAOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Nega Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay, «sariq» hudud bo‘lib qolmoqda? Mart-aprel oylarida kunlik kasallar soni hozirgidan kam bo‘lsa-da, qat’iy karantin choralari qo‘llanilgandi?
— Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik ob’yektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra:
jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 42 tasi — «qizil» hudud; 132 tasi — «sariq» hudud; 339 tasi — «yashil» hududga ajratilgan.
Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta’sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!