Toshkentda 3 oylik farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi

Toshkent shahrida 3 oylik farzandini pullayotgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

IIBBga murojaat qilgan ayol Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Natalya F. o‘zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSH dollariga sotayotganini ma’lum qilgan.

Shu asosda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Natalya F. u bilan birga yashovchi 24 yoshli Aleksandr Z. chaqaloq evaziga pul olayotganlarida qo‘lga olindi.

Реклама на Unews

To‘plangan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring