Toshkentda 18 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir qator choralar ko‘rib ko‘rilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida Patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida ko‘plab jinoyatlar fosh etilgan bo‘lsa, 18 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar aniqlanib, ushlandi.

Shuningdek, bedarak yo‘qolgan 7 nafar shaxs oilasiga qaytarilgan bo‘lsa, ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan 838 nafar shaxslar reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi.

Jinoyatning asosiy vositalaridan biri bo‘lgan qurollanish, ya’ni o‘tkir tig‘li jismlar va boshqa noqonuniy qurollarni olib yurish, saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan “Tig‘” maxsus-profilaktik tadbiri davomida, 811 nafardan ortiq fuqarolardan 792 ta o‘tkir tig‘li jismlar tegishli tartibda olinib sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi. Ularning, 675 tasi pichoq, 9 tasi kastet, 8 ta bita va 100 ta boshqa ko‘rinishdagi o‘tkir tig‘li jismlarni tashkil qiladi.


IIBB Axborot xizmati

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring