“Toshkent” xalqaro aeroportida “COVID-19” testi ma’lumotnomasini sotayotganlar faoliyatiga chek qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “COVID-19” kasalligini aniqlashda PZR-test ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, “Toshkent” xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Tezkor tadbir davomida “Toshkent - Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilib, ulardan soxta PZR-test ma’lumotnomalari olib qo‘yildi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari natijasida, mazkur shaxslar “COVID-19” kasalligini aniqlash bo‘yicha test topshirmasdan, ushbu soxta ma’lumotnomalarni 1992 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan “Q.E.” va 1991 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan “M.M.”lardan sotib olganliklari ma’lum bo‘ldi.

Реклама на Unews

O‘z navbatida “Q.E.” va “M.M.”larga soxta ma’lumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan “M.N.” va 1977 yilda tug‘ilgan “K.A.”lar tayyorlab, yetkazib turishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring