Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy chegaralari o‘zgartiriladi

Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralari o‘zgartiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Majlisda ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarining o‘zgartirilishi bilan :

  • Bo‘ka tumanidan 8,2 gektar Oqqo‘rg‘on tumani tarkibiga;
  • Angren shahridan 143,6 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar maydon Ohangaron tumaniga;
  • Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar maydon Angren shahri tarkibiga;
  • Angren shahridan 1094,0 gektar, Bo‘stonliq tumanidan 312,2 gektar yer maydoni Parkent tumaniga;
  • Parkent tumanidan 493,3 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumaniga;
  • Bekobod tumanidan 588,6 gektar Bekobod shahri tarkibiga;
  • Bo‘stonliq tumanidan 256,7 gektar Chirchiq shahri tarkibiga;
  • Zangiota tumanidan 8,9 gektar yer maydoni Yangiyo‘l tumaniga;
  • Yangiyo‘l tumanidan 286,9 gektar yer maydoni Zangiota tumani tarkibiga va 388,0 gektar yer maydoni Yangiyo‘l shahri tarkibiga;
  • Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar Qibray tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Shuningdek quyidalar ham:

Реклама на Unews

  • Qibray tumanidan 1884,9 gektar maydon Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga, 62,0 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumani tarkibiga, 1584,0 gektar yer maydoni Chirchiq shahri tarkibiga;
  • Piskent tumanidan 286,75 gektar yer maydoni Bo‘ka tumani tarkibiga, 3564,6 gektar maydon Olmaliq shahri tarkibiga;
  • Olmaliq shahridan 102,5 gektar yer maydoni Piskent tumaniga;
  • Ohangaron tumanidan 23,1 gektar yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda.

Majlisda xalq vakillari kun tartibidagi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorini qabul qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring