Toshkent viloyatiga imom-xatib tayinlandi

Bugun, 30-noyabr kuni Toshkent viloyati imom-xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri bosh imom-xatibi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jasur Raupovni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Jasur domla Raupov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Andijon davlat universitetini tamomlagan. 1999-yildan shu kunga qadar poytaxtimizdagi bir necha masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishladi. Shu bilan birgalikda 2010-yildan buyon esa Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritdi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, avvalgi imom-xatib Xayrulloh domla Turmatov sentyabr oyida vafot etgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring