Toshkent viloyatida 70 tup giyohvand o`simliklarni etishtirayotgan va giyohvand moddasini saqlagan fuqarolar aniqlandi

O`rtachirchiq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi. 

«Jangabay» mahallasida yashovchi, 1957 y.t. fuqaro S.Shning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, hovlisida elim idishlarga ekilgan holdagi 23 tup, tomorqasida 12 tup jami 35 tup «kanabis» giyohvandlik o`simligini parvarishlab etishtirayotganligi hamda uyining yotoqxonasida vazni 21,4 gr «marixuana» giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.Shga nisbatan O`rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Реклама на Unews

Toshkent viloyati Yangiyo`l shahar IIB xodimlari tomonidan Rayhon ko`chasida yashovchi, 1977 y.t. fuqaro Q.Aning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, uyida vazni 280 gramm «marixuana» giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib ushlangan.

Holat yuzasidan, Q.Aga nisbatan Yangiyo`l shahri IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring