BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Toshkent viloyatida 2 kishi quturgan daydi it tishlashidan vafot etdi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Olmaliq tumanida ikki fuqaroning quturish kasalligidan vafot etganligi to‘g‘risida tarqatilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar tasdig‘ini topmadi. Ammo olti oy avval qarovsiz qolgan daydi itning tishlashi natijasida, ya’ni quturgan daydi it jarohat yetkazgan shaxslar o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmaganligi tufayli olamdan o‘tgan.

“Xabarda qayd etilgan Olmaliq tumanida 141 nafar yoshlarning quturish kasalligiga chalinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz”, - deyilgan qo‘mita bayonotida.

O‘zbekistonda 11 noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi Respublika Gidrometeorologiya markazi 11 noyabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Fikr qoldiring