Toshkent viloyati hokimining uyida chiroq o`chdi

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Davron Hidoyatov xizmat uyiga chiroq o`chganini ma`lum qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

«Surishtirsam, qarzdorlik bor ekan. Mendan avval bu uyda yashaganlar elektr haqini to`lamagan. Menga aytishdiki, farmoyish bilan hokimiyat hisobidan bu qarzdorlikni bartaraf etish mumkin... Nega?

Hokimiyat uy-joy bilan ta`minlashi mumkindir, lekin kommunal xizmatga to`lovni u hokim bo`ladimi, prokuror bo`ladimi, shaxsan o`zi amalga oshirishi kerak. Nega amaldor ishlatgan elektr byudjetdan, xalq pulidan qoplanishi kerak? Men bunaqa farmoyishlarga qo`l qo`ymayman», degan Davron Hidoyato.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 04-03-2021 cayot

    Svet o'chgani rostdir, qarzdorlik ham rostdir lekin qogan barcha gaplar "SAFSATA" deyiladi bizning diyorimizada...😶😶😶

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish