Toshkent viloyati Chirchiq shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot

Avval xabar berganmizdek, 2022 yil 4 oktyabr kuni soat 08:30 larda Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam Chirchiq” AJ korxonasi ishlab chiqarish sexining sintez kolonnasida chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.T.Mirazamaxmudov, Favqulodda vaziyatlar vaziri A.X.Qo‘ldoshev, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari SH.U.Sobirov, Toshkent viloyati va Chirchiq shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlari hamda xodimlari tomonidan zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda chaqnash oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etildi.

Chaqnash natijasida ikki nafar ishchi-xodim yengil turdagi tan jarohati olgan va ularning biri shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Chaqnash oqibatida kelib chiqgan yong‘in soat 10:00 da to‘liq bartaraf qilindi.

Реклама на Unews

Chaqnash sabablarini o‘rganish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.T.Mirzamaxmudov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzilib, belgilangan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring