Toshkent va Andijon viloyatida koronavirusni yuqtirib olgan 189 kishi aniqlandi. Poytaxtlik ikki bemor vafot etdi

 Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, 2020 yil 17 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 702 (+189) nafarni tashkil etmoqda,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 184 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari esa Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Ayni paytga qadar yurtimizda 31 384 (+411) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 87 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 4 082 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring