Toshkent tumanidagi 5 ta maktabda ta`mirlash ishlarida byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

“K.I.” MChJ rahbari D.B. va tuman Xalq ta`limi bo`limi qurilish bo`yicha etakchi mutaxassisi S.T.lar tumandagi 5 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida amalga oshirilgan joriy ta`mirlash ishlari bo`yicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 321,6 mln so`m byudjet mablag`ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring