Toshkent tumanida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent tumanidagi tabiiy gaz iste’molchilariga 27 oktyabr kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent tumangaz”  ta’minot bo‘limining 63-sonli xabarnomasiga asoslanib, Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 615-son, Toshkent viloyati hokimining joriy yil 9 oktyabrdagi 455-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumi davomida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 

“GTSH tarmoqlaridagi diafragmalarni almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent tumanidagi tabiiy gaz iste’molchilariga 27 oktyabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Реклама на Unews

Keltirilgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring