Toshkent metrosida uzoqroq masofaga borgan yo`lovchi ko`proq pul to`laydigan tartib joriy etiladi

Toshkent metrosida 2021-yilning iyun oyiga qadar tabaqalashtirilgan tarif tizimi yo`lga qo`yilishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov “Daryo” muxbiri  bilan suhbatda ma`lum qildi.

"Bugun metro yo`nalishlari uzunligi ortmoqda. Ammo bir-ikki kilometr yurgan odam ham 1400 so`m to`laydi, 10-15 kilometr foydalangan odam ham 1400 so`m to`lamoqda. Yaqinda avtomatlashtirilgan to`lov tizimini tatbiq qildik. Bu bizga tahlil qilish imkoniyatini yaratib beradi”, — deydi Mahkamov.

Uning so`zlariga ko`ra, ikki-uch oylik tahlillardan so`ng, “kimning qancha masofa yurgani va uning tannarxga ta`siridan kelib chiqib”, tabaqalashtirilgan tarif tizimini yo`lga qo`yish rejalashtirilgan. “Bu tizim shu yilning yarmigacha ham bormay amaliyotga joriy qilinadi”, — dedi u.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 11-01-2021 cayot

    Eeee yashela maladsi, metroga tushish uchun ekskalatordanam foydalanishaduku o'shaniyam pullik qilish kere qancha tok yeydi uyam

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish