Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qolgani yuzasidan ishchi guruh tuzildi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Novza” bekatida poyezd to‘xtab qolgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlar metro tunneli bo‘ylab yurib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, bugun, 17:50larda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Milliy bog‘” va “Novza” stansiyalari oralig‘ida texnik sabablarga ko‘ra bitta harakat tarkibi to‘xtatilgan. 

Реклама на Unews

“Barcha yo‘lovchilar xavfsiz evakuatsiya qilindi. Metropolitenning ushbu yo‘nalishdagi xarakat davom etmoqda.

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi va vaziyatni aniqlab olish uchun ishchi guruh tezkor tashkil etilganini ma’lum qiladi. Tekshiruv natijalari rasmiy manbalarda jamoatchilikka e’lon qilinadi”, deyiladi DUK xabarida.

Qayd etish kerakki, aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lyapti. 7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.

Реклама на Unews

8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.

Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring