To‘qayev talato‘plar vaqtida o‘lgan harbiylarni mukofotladi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Respublikadagi tartibsizliklar paytida halok bo‘lgan 16 nafar harbiy xizmatchi va politsiya xodimini vafotidan keyin taqdirladi. Farmon matni davlat rahbari saytida e’lon qilingan. 

“Harbiy va xizmat vazifalarini bajarishda ko‘rsatgan jasorat va fidoyiligi uchun, shuningdek, davlat manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qilgan xizmatlari uchun ... mukofotlansin”, deyiladi hujjat matnida. 

Shundan so‘ng vafotidan keyin davlat mukofotlari bilan, jumladan, ikkinchi va uchinchi darajali “Jasorat” ordeni va “Harbiy jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan 16 kishining ro‘yxati keltirilgan. 

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, “Jasorat” ordeni va "Harbiy jasorat uchun" medali bilan Qozog‘iston Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek, ichki ishlar va milliy xavfsizlik organlari xodimlari taqdirlanadi. 

Kecha, 9 yanvar kuni ertalab Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tartibsizliklar paytida 16 nafar politsiya xodimi, Qozog‘iston Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligi askarlari halok bo‘lgani, 1,3 mingdan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar bergan.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Реклама на Unews

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

5 yanvar kuni, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring