To`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim krediti ajratishning yangi tartibi joriy qilinadi

“Oliy ta`lim tashkilotlarida ta`lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezidentning PQ–5203-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan respublikadagi barcha oliy ta`lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta`lim shaklida hamda magistratura bosqichida to`lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta`lim krediti ajratishning yangi tizimi yo`lga qo`yiladi.  

Bunda:

Реклама на Unews

  • tijorat banklari ta`lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
  • ta`lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o`qish muddati tugagandan so`ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
  • ta`lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo`lgan oila a`zolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta`lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

 

 Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Ta`lim kreditini moliyalashtirish jamg`armasi tashkil etildi.  

Jamg`armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so`m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag`lar ajratiladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring