"Tolibon” vakili Afg`onistonda urush tugaganini e`lon qildi

Afg`onistondagi jangovar harakatlar tugadi va Kobul ustidan nazorat o`rnatgan “Tolibon” harakati tez orada mamlakatda boshqaruv shaklini ma`lum qiladi. Bu haqda «Tolibon» siyosiy idorasi rasmiy vakili Muhammad Naim Al Jazeera telekanaliga intervyusida xabar berdi.

Uning ta`kidlashicha, yaqinda «Tolibon» Afg`onistondagi hokimiyat shaklini va rejimini aniqlaydi.

– Biz mamlakat xavfsiz va korrupsiyadan xoli bo`lishini istaymiz, – degan Naim.

Реклама на Unews

Shuningdek, «Tolibon» xorijlik fuqarolar va mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalar a`zolari xavfsizligini to`liq ta`minlashi aytilgan.

– «Tolibon» jangchilari poytaxt Kobulni egalladi va hukumat rasmiylari mamlakatni tark etgan so`ng davlat idoralari ham ishg`ol qilindi. Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani mamlakatdan chiqib ketdi. Keyinchalik «Tolibon» Afg`oniston poytaxtining barcha hududlari ustidan nazorat o`rnatilganini e`lon qildi, – deyiladi telekanal xabarida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring