“Tolibon” Ashraf G‘aniga taklif bilan chiqdi

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani va Amrulloh Solihga amnistiya taklif qildi. Harakat ular xohlasa mamlakatga qaytishi mumkinligini bildirgan.

“Biz Ashraf G‘ani, Amrulloh Solih va (Prezidentning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi) Hamdulla Mohibni afv qilamiz. Biz generaldan tortib oddiy odamgacha barchani kechiramiz”, degan harakatning yuqori martabali vakili Halil ur-Rahmon Haqqoniy.

Ma’lumot uchun, Ashraf G‘ani joriy yilning 15 avgust kuni Qobul shahri “Tolibon” nazoratiga o‘tgach, iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi. Bir necha kun davomida u Omon, O‘zbekiston va Tojikistonda ekani haqida xabarlar tarqaldi. Yakunda sobiq Prezident BAAdan boshpana topgani ma’lum bo‘ldi.

Реклама на Unews

G‘anining birinchi vitse-prezidenti Amrulloh Solih esa mamlakatni tark etmadi. Prezident yo‘qligida uning vazifasini bajarish vakolati unga o‘tishi aytib, o‘zini vaqtincha davlat rahbari, deb e’lon qildi. So‘ng mamlakatning toliblarga bo‘ysunmay kelayotgan Panjsher viloyatiga bordi. Hududda “Tolibon”ga qarshilik ko‘rsatish harakati shakllanmoqda.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanishi rejalashtirilgan. 

Реклама на Unews

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring