“Tolibon” Ashraf G‘anidan nima xohlayotganini ma’lum qildi

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakatni tark etgan Prezident Ashraf G‘anini ortga qaytarishni talab qilmaydi, lekin u olib ketgan pullarni qaytarishni xohlaydi. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumati Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma’lum qilgan.  

“Ashraf G‘ani davlat mablag‘larini o‘g‘irladi va biz ularning qaytarilishini talab qilamiz. Ular xalq va bizning banklarga tegishli”, degan Mujohid. 

Ma’lumot o‘rnida, G‘ani “Tolibon” avgust oyida Qobulni egallab olganidan keyin mamlakatni tark etdi. Keyinchalik u BAAdan videomurojaat qilib, o‘z vataniga qaytishga va’da berdi. Shuningdek, sobiq Prezident pul olib ketmaganini aytgandi.

Реклама на Unews

Joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring