«Tolibon» Afg‘onistonda muntazam armiya tuzmoqchi

«Tolibon» Afg‘onistonda muntazam armiya tuzish niyatida harakatida.

Afg‘oniston Islom Amirligi Bosh shtabi rahbari Qori Fasihuddin bayonot berishicha, toliblar «ichki urush»ni istashmaydi. Fasihuddin Qarshilik ko‘rsatish fronti va uning tarafdorlari-isyonchilarni yo‘q qilib tashlash tahdidini bildirdi, deya xabar berdi «Sputnik Afg‘oniston».

Bosh shtab rahbari hozir Afg‘onistonda «mamlakatni mudofaa qilish» maqsadida fuqarolarni harbiy tayyorlash tizimi ishlab chiqilayotganini qo‘shimcha qildi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» harakati avgust oyida hukumat kuchlariga hujumni kuchaytirgan, 15-avgust sanasida poytaxt Kobulni egallagan, 6-sentyabrda esa mamlakatdagi eng so‘nggi viloyat (Panjsher) ham o‘z nazoratiga o‘tganini ma’lum qilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring