Tokioda favqulodda holat joriy etildi

COVID-19 ning tarqalashi sababli Yaponiya poytaxti Tokioda 8 yanvardan boshlab favqulodda holat e’lon qilindi. Ovqatlanish joylariga cheklovlar belgilash, xodimlarni masovafiy ish tartibiga o‘tkazish va ommaviy tadbirlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Koronavirusning tez tarqalishi sababli Yaponiya hukumati tomonidan Tokio, Kanagava, Saytama va Chiba prefekturalarini o‘z ichiga olgan 37,2 million aholiga ega Katta Tokioda 8 yanvardan 7 fevralgacha favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

Rasmiylar mahalliy aholidan uylarni ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda tark etmasliklarini so‘ramoqda.

Noyabr oyining boshidan Yaponiyada vaziyat yomonlasha boshladi. Dekabrda koronavirus yuqtirganlar hamda o‘lim sonining kunlik ortishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam yangilanib turdi.

Реклама на Unews

6 yanvar kuni kasallanish ko‘rsatkichlarida yana o‘sish kuzatildi va 6 ming holat aniqlandi.

Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda virus yuqtirganlar soni 260 mingdan oshdi, 3,8 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring