Tokio-2020. Server Ibragimov final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Bugun, 31 avgustda bir nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi.

Bundan biroz avval Server Ibragimov 10 metrga to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha saralashda ishtirok etdi. Sportchi 6 ta urinishda jami 574 ochko to‘plagan holda saralashda 4-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati, u peshqadamlardan atigi 1 ochko ortda qolgan. 3-o‘rindagi sportchi bilan esa bir xil ochko jamg‘argan.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Server Ibragimov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Server Ibragimov Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindori hisoblanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring