Tojik-qirg`iz qurolli to`qnashuvida ikki davlatdan halok bo`lganlar soni e`lon qilindi

Qirg`iziston Sog`liqni saqlash vazirligi dushanba kuni Qirg`iziston-Tojikiston chegarasidagi mojaro chog`ida 163 kishi jarohatlanganini ma`lum qildi, deya xabar qildi "interfax".

 

“Bugun, soat 09:00 holatiga ko`ra, sog`liqni saqlash muassasalariga yotqizilgan jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etadi”, — deyiladi Sog`liqni saqlash vazirligi xabarida.

 

Shifokorlarning ma`lum qilishicha, kecha tunda 19 nafar jabrlanuvchi tibbiy yordamga murojaat qilgan, ulardan 12 nafari ambulator davolanishga yuborilgan. 144 kishi shifoxonalarda davolanishni davom ettirmoqda. Jabrlanganlarning aksariyati Bishkek va O`sh shaharlaridagi sog`liqni saqlash muassasalariga etkazilgan. Qirg`iziston Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, qurolli to`qnashuvlar natijasida 59 kishi halok bo`lgan. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, mojaro hududidan 136 mingdan ortiq fuqaro evakuasiya qilingan.

Реклама на Unews

Tojikiston Demokratik partiyasi etakchisi, parlament quyi palatasi deputati Sayjafar Usmonzoda taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, tojik-qirg`iz o`rtasidagi chegaradagi mojaroda 60 dan ortiq mamlakat fuqarosi halok bo`lgan. U Tojikistonda 20 sentyabr kunini motam kuni deb e`lon qilishni taklif qildi. 

Tojikiston va Qirg`iziston chegarachilari o`rtasida og`ir qurollar qo`llanilgan janglar 14 sentyabr kuni boshlangan va ikki davlat o`rtasidagi umumiy chegaraning butun perimetri bo`ylab olib borilgan. 16 sentyabr kuni Tojikiston va Qirg`iziston rahbarlari Imomali Rahmon va Sadir Japarov o`t ochishni to`xtatish va mojaroni siyosiy-diplomatik yo`l bilan hal etish bo`yicha kelishib oldi. Biroq, o`sha kuni kechqurun harbiy harakatlar yana boshlandi va 17 sentyabr kuni umumiy chegaraning alohida uchastkalarida davom etdi.

Tomonlar bir-birini qurolli bosqinchilikda ayblamoqda.

Реклама на Unews

Ayni paytda Qirg`iziston va Tojikiston o`t ochishni to`xtatish va qo`shinlarni olib chiqish bo`yicha kelishuvlarga amal qilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Qirg`izistonda bugun, 19 sentyabr — milliy motam kuni deb e`lon qilingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring