TIV Termizda o`tkazilgan O`zbekiston va Afg`onistonda o`rtasida muzokaralar borasida ma`lumot berdi

2021-yil 16-oktabr kuni Termiz shahrida O`zbekiston va Afg`oniston delegasiyalarining ishchi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegasiyalarga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Afg`oniston Islom Amirligining Muvaqqat hukumati rahbari o`rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy boshchilik qildilar.

Muzokaralar chog`ida turli vazirlik va idoralar vakillari savdo-iqtisodiy aloqalar, chegara xavfsizligini ta`minlash, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ta`lim va gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Реклама на Unews

Infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga, xususan, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog`i hamda “Termiz – Mozor-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo`lini qurishga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuvlar natijasida muhokama qilingan masalalar bo`yicha bir qator ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.

Afg`oniston delegasiyasi O`zbekiston tomoniga samarali muzokaralar va mehmondo`stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring