TIV: Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun qo‘shimcha reyslarni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekistonning Rossiya va Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasi «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

TIV xabarida aytilishicha, mazkur masala mamlakatning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborgan. Maxsus komissiya qarori to‘g‘risida alohida ma’lumot berilishi aytiladi.

Реклама на Unews

Eslatilishicha, faqat 25 maydan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 8 ta charter reysi tashkillashtirilgan. Hozirgi paytda Maxsus komissiya tomonidan Rossiyaning turli hududlaridan hamyurtlarimizni olib kelish uchun qo‘shimcha charter reyslarini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

«Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. 

Rossiyaning turli hududlaridagi shaharlariga charter reyslari tashkil qilish ustida ishlar davom etadi», - deyilgan xabarda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring