TIV Moskvadan Samarqandga qo`yilgan reysning bekor qilingani sabab yuzaga kelgan vaziyat bo`yicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva-Samarqand yo`nalishi bo`yicha 180 dan ortiq odamlarga chiptalar sotilgani, lekin reys yo`qligi, uning ustiga chipta pullari qaytarib berilmayotgani aytilgan video tarqaldi. O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yilning 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yo`nalishidagi reys bekor bo`lishi sababli Moskva shahrining “Vnukovo” xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari to`plangan. Xayriya tashkilotlari ko`magida “Vnukovo” aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiena vositalari bilan ta`minlangan.

O`zbekistonning Moskvadagi Elchixonasining tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor bo`lgan reysning barcha yo`lovchilari (180 kishi) “Azur Air”  aviakompaniyasining (Rossiya) navbatdan tashqari reysi bilan 2021 yil 9 yanvar kuni soat 00:05 da O`zbekiston Respublikasiga qaytarilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring