«Time» jurnali «Yil odami»ni e’lon qildi

Amerikaning taniqli «Time» jurnali AQShning yangi prezidenti Jozef Bayden va uning saylovdagi hamkori Kamala Xarrisni «Yil odami» deb e’lon qildi. Bu haqda jurnalning Twitter sahifasida ma’lum qilindi, deb yozmoqda "teznews.uz" nashri.

Jurnalning ta’kidlashicha, Bayden AQSh tarixidagi prezidentlik saylovlarida eng ko‘p ovoz to‘plagan. Bu bilan Bayden 44-prezident Barak Obamaning rekordini yangilagani aytilmoqda.

Baydendan tashqari, nashrning ilgari e’lon qilingan qisqa ro‘yxatiga Donald Tramp, AQShning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi va afroamerikalik Jorj Floydni hibsga olish paytida vafot etishi ortidan AQShda boshlangan irqiy adolat harakatidagilar ham kiritilgan edi.

Avvalroq «Time» jurnali tarixdagi eng yomon yilni e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, 2020 yil hozirgi avlod uchun dunyo tarixidagi eng yomon yil deb topilgan. Shuningdek, Britaniyaning Collins lug‘ati tomonidan «Lockdown» so‘zi 2020 yilda yil so‘zi deb topilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring