Tibbiy niqobdan foydalanish — har qanday virusdan saqlanishning eng samarali usuli

Butun dunyo mamlakatlari fanga noma`lum bo`lgan, yangi “COVID-19” infeksiyasi tufayli vujudga kelgan pandemiya sharoitida yashamoqda. Virus tarqalgandan buyon er yuzida qariyb 100 milliondan ortiq insonlar infeksiya bilan kasallandi.

Tajribalar noyob dori darmonlar bilan bir qatorda oddiy va arzon usul o`ta samarali ekanligini ko`rsatdi. Bu usullar shaxsiy gigiena vositalari bo`lgan qo`lni yuvish, masofani saqlash, muloqotni kamaytirish, jamoat joylarida ijtimoiy masofani saqlash va ayniqsa, niqoblardan doimiy foydalanish. Tibbiy niqoblardan foydalanishdan maqsad – koronavirus infeksiyasining mayda zarralarini og`iz va burun bo`shlig`i orqali nafas yo`llariga o`tishiga to`sqinlik qilishdan iborat.  

Tibbiy  niqoblardan foydalanish haqida SSV Matbuot xizmati savollariga Toshkent tibbiyot akademiyasi o`quv ishlari bo`yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymurodov batafsil so`zlab berdi:

Реклама на Unews

—   JSST virusdan himoyalanishning oddiy va universal usullarini tavsiya qiladi: qo`llarni muntazam ravishda yuvish, kir qo`llar bilan yuz, burun, og`iz va ko`zga tegmaslik, ijtimoiy masofani saqlash hamda tibbiy niqoblardan foydalanish shular jumlasiga kiradi.  

Tibbiy niqoblar sog`lom insonni va hech qanday klinik simptomlarga ega bo`lmagan, koronavirus bilan kasallangan va ushbu virus tashuvchisi bo`lgan insonni ham og`iz-burnini yopish orqali virusning mayda zarrachalaridan bar`er – to`siq hosil qilib himoya qiladi.  

Shunday qilib, virusga qarshi kurashning eng oddiy va samarali usuli — niqob va respiratorlardan foydalanish orqali virusni bir insondan ikkinchi insonga tarqalishining oldini olishdir. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko`ra, niqoblarni taqishdan oldin qo`llarni yaxshilab toza suvda sovun bilan yuvib yoki qo`llarga antiseptiklar bilan ishlov berib, keyin niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.

Реклама на Unews

Virusning qaysi turi bo`lishidan qat`iy nazar, niqoblardan doimiy foydalanish, ularni o`z vaqtida, ya`ni har 2-3 soatda almashtirib turish orqali insonlar o`rtasida tarqalishining oldini olgan bo`lamiz, o`zimizni va yaqinlarimizni kasallakka chalinishidan saqlaymiz. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring