Tezlikni 140 km/soatgacha oshirgan toshkentlik "Lacetti" haydovchisi 36 mln so`m jarimaga tortildi

Avvalroq Toshkent viloyati hududidan o`tgan avtomobil yo`llarida fotoradarlar orqali jami 457828 ta tezlikni me`yoridan oshirib transport vositasini boshqarganlik holatlari aniqlangani va ularning qanchasi qaysi hududga tegishli ekani ko`rsatkichi e`lon qilingan edi. Ayni paytda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu aniqlangan qoidabuzarliklar ichida ayrim haydovchilar tomonian qayta-qayta tezlikni oshirish holati qayd etilgan. 

Xususan, Toshkent shahridan ro`yxatdan o`tgan Lacetti avtomobili haydovchisi joriy yil o`tgan 10 oyi mobaynida viloyat hududida tezlik bilan bog`liq 36 marta qoidabuzarlik sodir etgan.

Haydovchi (5.22 yo`l belgisi) aholi yashash punktida cheklangan tezlik 70 km/s bo`lishiga qaramasdan, ushbu hududdan yuqori tezligi 140 km/s, past tezligi 80 km/s bilan harakatlangan.

Реклама на Unews

Natijada, tezlikni 36 marta me`yoridan oshirish 35 457 000 so`m jarima to`lashga sabab bo`lgan.

Shu kabi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan ro`yxatdan o`tgan Nexia avtomobillari ham aholi yashash joyidan 100 km/s kam bo`lmagan tezlikda harakatlanib, 12 martadan qoida buzgan. Holatlar yuzasidan elektron bayonnomalar haydovchilar manzillariga yuborilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring