Tezkor! SSV O`zbekistonda qo`shimcha karantin tartibi va cheklovlar kiritilganini e`lon qildi

So`nggi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sog`liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qo`shimchalar kiritildi:

* joriy yilning 28 iyunidan  

- 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo`shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o`ta zarurat bo`lmagan hollarda kirish bo`yicha cheklovlar o`rnatildi;

Реклама на Unews

- xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo`lgan barcha qatlamini o`zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;

- joriy yilning 28 iyunidan boshlab respublika bo`ylab ko`ngilochar ob`ektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o`yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob`ektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;

- ko`ngilochar va umumiy ovqatlanish ob`ektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig`imining 50 foizidan qat`iy oshirmagan holda xizmat ko`rsatish belgilandi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring