Tezkor! Qoraqalpog`istonga osmondan qizil shar tushdi (video)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanining Qipchoq daryo ovuli hududiga osmondan ichi bo`sh shar shaklidagi metall erga tushdi. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`ldi.

Tarqalgan videoda guvohlik bergan ayolning so`zlariga ko`ra, shar ikki tomonidan qavariq belgili va issiq bo`lgan. U osmondan tushganda atrofda yurug`lik paydo bo`lgan.

Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida "yuz.uz" Mo`ynoq tumani hokimligi Axborot xizmati boshlig`i Darig`a Ablaeva bilan telefon orqali bog`langan. Ablaevaga ko`ra, u voqea joyiga borib, guvohlar bilan gaplashgan.

Реклама на Unews

Mo`ynoqlik Feruza Karamullaevaning so`zlariga ko`ra, shar ko`rinishidagi jismning bir tomoni biroz o`yilgan. Feruza opa bolalariga sharni rasmga olishni so`ragan. Keyin bu suratlarni internet tarmog`iga tarqatgan.

Voqeaga guvoh «Osmonda nimaningdir qattiq yorilgan ozovi eshitildi. Bu 3-4 marta sodir bo`ldi. So`ng osmonga qarab turdim. Bir payt noma`lum jism katta tezlikda uchib kelib erga urildi. Birdan yaqinlashishga qo`rqib, 10 daqiqa vaqt o`tgandan keyin borib ushlab ko`rsam, hali issiq ekan», degan.

Mo`ynoqqa tushgan sharning nima ekani soha mutaxassislari tomonidan o`rganilishi kutilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


3 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 02-11-2020 dosse

    vahimaga tushish shart emas nasaning malumotlariga qaraganda bu jism osmondagi kosmik chiqindilardan biri yani bu jism qaysidur raketa yoki sputnikning yoqilgi baki eng qattiq jismdan yasalgani uchun saqlanib qolgan

    Javob yozish
  2. 02-11-2020 Jurabekmuzafarov5

    Oxirigacha bor

    Javob yozish
  3. 29-10-2020 Hamdam

    Yaxshilik alomati emas

    Javob yozish
    • 31-10-2020 Leyla

      Ishonsh qiyn

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish